Talabalar doim nazoratda
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 2024 - yilning 17 - apreldagi № 06-12/v2108dagi “Aholi orasida qizamiq kasalligini oldini olish tadbirlarini kuchaytirish” to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan, joriy yilning 24 aprel sanasida. "TIQXMMI"- MTU “Gidromelioratsiya” fakultetiga qarashli 4 –Talabalar turar joyidagi barcha talaba yigit-qizlar “Qizamiq+tepki+qizilcha” ga qarshi vaksina bilan emlanishdi. Emlanishdan oldin shifokorlar tomonidan har bir talabaning sog‘lig‘i nazoratdan o‘tkazildi.
Barcha vaksinalar – bu tibbiy immunobiologik preparat bo‘lib, ular kasallikka qarshi immunitet hosil qilish uchun rejalashtirilgan, maxsus texnologiyada qayta ishlangan kasallik qo‘zg‘atuvchisi bo‘lib, shifokor nazorati ostida yuboriladi. Vaksinalar- faqat ular belgilangan kasalliklarnigina oldini oladi, yuqumli kasalliklarni yuqishida engil o‘tishini ta’minlaydigan, immunitet hosil qilish maqsadida, odam organizmiga yuborishdir.
“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutorri G. Axmedjanova axboroti
Universitet matbuot xizmati