TIQXMMI yangiliklari

img
22.12.2021

“Sehrli qorparchalar”

Joriy yilning 20 - dekabr kuni 4-TTJ GIM, QXM, YeRB VA SXTEB fakulteti 1-4 kurs talaba qizlari bilan universitet psixologi M.K. Muxamedova “Yangi yil ertagi” mavzuida trening mashg'uloti o'tkazdi. Tadbirda TTJda yashayotgan talaba-qizlarga alohida e'tibor qaratish, qizlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazilishini ta'minlash reja qilindi.  Tadbir maqsadi trening qatnashchilarining o'ziga bo'lgan ishonchini, shaxsiy o'sishini oshirishdir. Hayot yo'lini loyihalashtirish, o'z-o'zini tahlil qilish va o'z-o'zini bilish ko'nikmalarini rivojlantirish,  jamoada qulay muhit yaratishni o'rganish maqsadida tashkil etildi.

 

Tadbirda “Yangi yil men uchun...”, “Sehrli qorparchalar”, “O'z-o'zini namoyish etish”, “Bayramlar kalendari”, “«Men»imizning ifodali tasvirini yaratamiz”, “Qor parchasidagi tilaklar” va “Energizator” kabi trening va o'yin mashg'ulotlari o'tkazildi. Har bir ishtirokchi o'tkazilgan mashg'ulotlarda faol qatnashibgina qolmay, balkim o'z hayot yo'llarini chiroyli loyihalashtirish yo'l-yo'riqlarini o'zlashtirib olishdi. Qatnashuvchilarning  kayfiyati ko'tarinki holda dastur o'z nihoyasiga yetdi.

            TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati