TIQXMMI yangiliklari

img
22.12.2021

Jaholatga qarshi ma'rifat  yoxud  talabalar uchun ta'sirchan targ‘ibot

Resbublika Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda huquqni himoya qilish organlari bilan hamkorlikda “Jaholatga qarshi ma'rifat” mavzuida ma’rifiy tadbirlar bo’lib o’tmoqda. Poytaxtdagi xorijiy ta'lim muassasalarning barchasida ushbu tadbir to’la o’tkazilib endilikda boshqa ta’lim muassalarida ham o’tkazilayotgani e’tiborga molik. Talaba-yoshlarning ma’naviy salohiyatini yanada yuksaltirish, ular ongida milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish, yot g’oya- yov g’oya ekanini singdirish maqsadida TIQXMMI Milliy tadqiqiot universitetining katta anjumanlar zalida xuddi shu nom ostida ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Unda universitetimiz rahbariyati va professor o’qituvchilar hamda talabalar to’la ishtirok etishdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4307 sonli 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror ijrosini ta’minlash hamda talaba-yoshlar o‘rtasida ma’naviy – huquqiy savodxonlikni yuksaltirish yo’sinida  keng ko‘lamli tushuntirish ishlari olib borilayotgani ijobiy ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbirda ma’ruzachi sifatida Yuridika fanlari doktori, professor Feruza Muhiddinova hamda O’zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning bo‘lim boshlig‘I Ilhomjon Ma’rupovlar o’zlarining mazmundor va zalvorli chiqishlari bilan ishtirok etishdi. O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida diniy qadriyatlarni e’zozlash, islomning chinakam taraqqiyot, ilm-ma’rifat dini ekanini xalqimiz, ayniqsa, ertangi kunimiz bo‘lgan yoshlarimizga yetkazib berishga qaratilgan tizimli, salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani, Islom dini insoniyatni ezgulikka boshlashi haqida ma’lumot berildi. Mazkur haqiqat bugun butun dunyo hamjamiyati anglashi, bag‘rikenglik va ahillikni hayotiy mezon sifatida qabul qilishi lozim bo‘lgan dolzarb masala ekani uqtirildi. Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish har xil yot g’oyalar ta’siriga tushib aldanib qolmaslik haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Yoshlarimizning huquqiy madaniyati va huquqiy qarashlarini yuksaltirishga hamda qonunga itoatkorlik xulqini shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy va tashkiliy xususiyatga ega bo‘lgan keskin choralar ko‘rish, “jaholatga qarshi ma’rifat” kabi ulug‘vor g‘oyani shior qilib yurt tinchligi va taraqqiyotida yoshlarimiz o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishi, ijtimoiy tarmoq va internet jahon axborot tizimidan to‘g‘ri maqsadlarda foydalanish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri ekanligi ham ma’ruzachilar tomonidan ta’kidlandi.Tadbirda namoyish etilgan videolavhalar va ma’ruzachilarning chiqishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

TIQXMMI MTU matbuot xizmati