Ilm olishda vaqt qadri
2021 - yil 20 - dekabr kuni 3-Talabalar turar joyida “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti talabalari bilan fakultet dekani R.Xakimov, “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasining professor-o‘qituvchilarining navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi dotsenti, i.f.d. M.Sh.Mamatkulov talabalarga “Ilm olishda vaqt qadri” mavzusida ma’ruza o‘tib berdi. Talaba-yoshlar hozirgi kunda ko‘p vaqtini samarasiz o‘tkazishi va kitob o‘qimasligi talabaning muvaffaqiyatga erishishiga eng katta salbiy ta’sir etuvchi omillardan ekanligini aytib o`tdilar.
Talaba-yoshlar har bir kuni bilim va yangiliklarni olishga bag‘ishlangan bo‘lishi kerakligi, o‘qiganda ham tartib va intizom bilan o‘qish kerakligi, bilimsizlik juda ko‘p muammolarni keltirishini, ilmdan o‘zga najot yo‘qligi ta’kidlab o‘tdilar. Uchrashuvda Respublika O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi xodimlari ham ishtirok etib, o‘zlarining fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar bildirishdi. Uchrashuv qizg‘in muhokama ruhida o‘tkazilib, talaba-yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
TIQXMMI Milliy tadqiqiot universiteti matbuot xizmati