TIQXMMI yangiliklari

img
22.12.2021

“Psixolog bilan uchrashuv”

2021 yil 21 dekabr kuni “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetining 1-kurs talabalari bilan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti psixologi Muhamedova Muhayyo Kamolxonovna bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirni fakultet dekani R.Xakimov kirish so‘zi bilan ochib berib, talaba yoshlarning ta’lim muassasaning ichki-tartib qoidalari, kiyinish madaniyati, muomala madaniyati, shuningdek, ta’lim olishning ahamiyati va dolzarbligi xususida talabalarga maslahatlar berib o‘tdi. Tadbirda psixolog M.Muhamedova ta’lim muassasasida olib boriladigan psixologik faoliyatning yo‘nalishlari: Psixoprofilaktik ishlar, psixologik ma’orif va ma’rifat, psixodiagnostik ishlar, psixik rivojlantirish va psixokorreksiya hamda psixologik konsultatsiya xususida tushuntirish va ma’lumotlar berib o‘tdi. Tadbirda talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

 

 

 

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati axboroti