TIQXMMI yangiliklari

img
24.04.2024

Voyaga yetmagan qizlar bilan davra suhbati

            2024 yil 22-aprelda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetining ”Yer resurslari va kadasir fakultetining” "YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova Yashnabod tumanidagi “Dilbog’ ” mahallasiga tashrif buyurdi. MFY raisi S.To’ylieva, Mahalla profilaktika noziri N.Hakimov,  mahalla Yoshlar yetakchisi N.Usarovalar birgalikda  voyaga yetmagan tarbiyasi og’ir bo’lgan qizlar bilan davra suhbati tashkil qilindi.

        Bizga ma’lumki, 2011 yil 17 yanvar, “Voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining

            13-son Qarori qabul kilingan.

  Ushbu qarorda  voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va tiklash, voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa g’ayriijtimoiy xatti-harakatlarga imkon tug’diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish va voyaga yetmaganlarni tarbiyalash, o’qitish, ta’minlash sharoitlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muassasalarida voyaga yetmaganlar bilan muomala qilish yuzasidan nazoratni tashkil etish bo’yicha mahalla profilaktika noziri N.Hakimov ma’lumot berib o’tdi.

              MFY taklif etilgan voyaga yetmagan qizlar bilan davra suxbati o’tkazildi va tushuntirish ishlari olib borilib, maslahatlar berildi..

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati