TIQXMMI yangiliklari

img
20.12.2021

«ODOB – AXLOQ FAZILATI»‎

Joriy yilning 17 dekabr kuni  4-TTJ YeRB fakulteti talaba qizlari bilan  Yerdan foydalanish kafedrasi katta o'qituvchisi Z. Hafizova va institut psixologi M.K. Muxamedovalar  "Axloq va uni sayqallash" mavzusida tadbir  o'tkazishdi. Tadbir talaba  qizlardagi sharqona odob – axloqni yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda xalqimiz qadimdan axloq va odob bobida butun olamga o'rnak va namuna bo'lib kelganligi,  ota bobolarimiz va momolarimiz bizlarga omonat qilib qoldirgan bu yuksak ma'naviy merosimizni biz ham kelajak avlodga pokiza holda qoldirish uchun mas'ulligimizni unutmasligimiz haqida so'z yuritildi. Tadbir savol javob tarzida davom ettirildi va yangi yil tilaklari izhor etilgan holda yakunlandi.

 

TIQXMMI MTU matbuot xizmati