TIQXMMI yangiliklari

img
20.12.2021

 Moliya vazirligi xodimlari tomonidan amaliy dars

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi “Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-6300-son farmonining 4-ilovasi bilan tasdiqlangan 2021-2022-yillarda davlat moliyaviy nazorati tizimini takomillashtirish bo‘yicha “Yo`l xaritasi” ning 14-bandida 2021-2022 o`quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo`nalishlari talabalari uchun davlat moliyaviy nazorati organlarining mansabdor shaxslari jalb qilgan holda amaliyot darslarini tashkil etish vazifasi belgilangan.

Yuqoridagi belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Masofaviy va kameral nazorat bo'limi bosh nazoratchisi Abidov Mansur Ilxomjonovich “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo`nalishining 3,4 - kurs talabalariga “Davlat moliyaviy nazorat” mavzusida amaliy dars o‘tib berdi. Amaliy dars qizg‘in muhokama ruhida o‘tkazilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javob olishdi.

 

TIQXMMI MTU matbuot xizmati