TIQXMMI yangiliklari

img
20.12.2021

Xalqaro valyuta kredit munosabatlarini rivojlantirish yo’nalishlari

2021 yil 18 dekabr kuni "Suv xo’jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti professor-o’qituvchilar, faol talabalari bilan ATB Turonbankning navbatdagi seminari bo’lib o’tdi. Seminar mavzusi “Xalqaro valyuta munosabatlari va valyuta timizi” masalalariga bag’ishlandi. Ushbu mavzu bo’yicha ATB Turonbank chakana xizmatlar departamentining direktori Fayziyev Ravshan Shuxratovich taqdimot qildi.

Seminar ishtirokchilariga valyuta tushunchasi, qattiq  valyutalar va ularning iqtisodiyotni barqaror rivojlanishdagi ahamiyati tushuntirildi. Valyuta rezervi va undan foydalanish yo’llari, iqtisodiy xavfsizlik yostiqchasi va uni ishlash mexanizmlari bo’yicha qiziqarli ma’lumotlar keltirildi. Mamlakatimizning eksport siyosati va unda qattiq valyutalarning o’rni masalalariga alohida e’tibor berildi. Seminar ishtirokchilari tomonidan ko’plab savollar va ayrim masalalar yuzasidan fikrlar bildirildi. Jumladan, iste’mol tovarlari narxlarining o’zgarishi, yangi dizayndagi pul chop etilishi, dollar kursining oshib borishi masalalari bo’yicha savollarga bank mutaxassisi tomonidan asoslangan fikrlar bildirdi. Olingan ma’lumotlar professor-o’qituvchilar va talabalar uchun foydali bo’lib, ularning bilim doirasini kengaytirishga xizmat qiladi.

 TIQXMMI MTU Matbuot xizmati