TIQXMMI yangiliklari

img
20.04.2024

Tozalik, ozadalik - yuksak madaniyat ifodasi!

Tozalik, ozadalik,saranjom-sarishta bo‘lish- inson qalbining go'zalligi ifodasidir. Joriy yilning 19- aprel kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova tomonidan TTJ da fakultet talaba qizlari bilan "Poklik- go'zal fazilatdir" mavzusida davra suhbati o'tkazdilar. Ra'no Kodirova 3-TTJ da yashovchi fakultet talaba qizlari xonalarini birma -bir tozalik, ozadalik, saramjon- sarishtaligini tekshirish bilan birga talaba qizlarimiz bilan tozalik, ozadalik haqida suhbatlashdilar. Jumladan Ra'no Kodirova suhbatni qizlarimizni sog'liklarini, o'qishlarini, kayfiyatlari , qiynayotgan  muammolari bo'lsa ochiq dildan suhbatga chorlash bilan boshladi.

Qizlarimizga tozalik -ozadalik, saranjom-sarishta, pok bo'lish qiz bola uchun eng kerakli go'zal fazilatlar ekanini  tushuntirdilar. Davra suhbati  savol- javoblar bilan davom etib, suhbatdan qizlarimiz tozalik, ozadalik- qiz bolaning ziynati ekanini anglagan holda tozalik, ozadalik haqida mukammal ma'lumotlarga ega bo'ldilar. Bu go'zal fazilatlarni qiz bolaga kerakli, muhim omil ekanini tushundilar. Davra suhbati sermazmun, hayotiy misollar,savol- javoblar bilan qizg'in o'tdi.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati