TIQXMMI yangiliklari

img
20.12.2021

G'alaba nashidasi

Quvnoq va zukkotabiat insonlarda yaratuvchanlik va yangilkka intiluvchanlik bo‘ladi. Bu esa musobaqaga chorlash va g‘alaba qozonish istagini paydo qiladi. Universitetimizning Madaniyat saroyida o‘tkazilgan "Quvnoqlar va zukkolar" o‘yini yuqoridagi fikrlarning tasdig‘i bo‘la oladi. Fakultetlardan tashkil topgan jamoalar o‘z mahoratlarini to‘la namoyish etdilar. Natija quyidagi yo‘sinda bo‘ldi. 1 - o'rinni GM fakulteti "Noiloj" jamoasi, 2 - o'rinni SXTEB fakultetining "POZITIV" jamoasi egallashgan bo‘lsa, 3 - o‘rinni esa YERB fakultetining "Tavakkal" jamoasi qo'lga kiritdi. Prorektor R.Choriyev barcha jamoalarga omad yor bolishini tiladi. G'oliblik nashidasini surgan jamoalar tegishli sovg‘a va sovrinlar bilan rag‘batlantirildi.

TIQXMMI MTU matbuot xizmati