TIQXMMI yangiliklari

img
17.04.2024

“Xon atlas”- millat qiyofasi va iftixor ifodasi

Milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estеtik qarashlari shuningdеk, o‘ziga xos xususiyatlari mujassam. Joriy yilning 13-aprel kuni “Ekologiya va huquq” fakultetida “Xon atlas”- millat qiyofasi, milliy iftixor ifodasi  mavzusida tadbir tashkil etildi. Shu kabi tadbirlarni tashkil etilishi o‘sib kеlayotgan yosh avlod qalbida milliy qadriyat, an’ana va urf odatlarimizga hurmatni oshirishi bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.

Хоn atlasimiz milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi ekanligi tadbirda ham o’z ifodasini topdi. Tadbirga tashrif buyurgan fakultet Xotin-qizlar kengashi a`zolari talaba qizlarga o‘zlarining qimmatli fikrlarini bildirib, milliy liboslarimizning ahamiyati haqida so‘zladilar.

Qolaversa, kiyinish odobi, madaniyati, milliy liboslarning tarixi va buguni, mavjud muammo va kamchiliklar boʻyicha fikrlar keng muhokama va qiziqarli munozaralarga sabab bo‘ldi. Asosiysi, tadbir talaba qizlarda katta taassurot qoldirdi.

“Ekologiya va huquq” fakulteti dekan maslahatchisi B.Mamadaminova axboroti

Universitet matbuot xizmati