Amaliy darslar amalda
2024-yil 16-mart kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi(mahsulotlar turlari bo‘yicha) yo‘nalishi 308-309-guruh talabalari “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi X.Xasanova va assistent T.Ergashevlar boshchiligida “Meva-sharbat eksperimental vinochilik” MCHJga tashrif buyurishdi.
U yerda “Uzum g‘ujumi sharbati tarkibidagi qandini aniqlash”, “Uzum g‘ujumi sharbatining umumiy kislotaligini aniqlash” kabi amaliy va labaratoriya ishlari bajarildi. Umumiy zavod haqida ma’lumotlar berildi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bo‘yicha muzokaralar olib bordilar.
“Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi X.Xasanova axboroti
Universitet matbuot xizmati