Bilim – baxt kaliti
Joriy yilning 16 aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti "G" korpus 112 auditoriyada, “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti 1-kurs 103-104-guruh talaba yoshlari bilan “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutori hamda universitet psixologi M.K.Muxamedovalar hamkorlikda "Inson ichki dunyosiga nazar, baxtga yo'l" mavzusida seminar trening o'tkazdilar. Tadbir talabalarning o'ziga bo'lgan ishonchini kuchaytirish, kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash, o'z ehtiyojlari va his – tuyg'ularini inobatga olgan holda e'tiborlarini boshqalarga taqsimlashni o'rganish va psixoemotsional zo'riqishlarni pasaytirish hamda guruhda sog'lom psixologik muhit yaratish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda qiziqarli trening va o'yin mashg'ulotlari o'tkazildi. Tadbir boshida passiv qatnashgan ayrim talabalar o'yin mashg'ulotlari o'tilgach, treninglarning qiziqarliligi bois faolliklari ortdi. Bu albatta quvonarli holat. Demak, biz talabaning e'tiborini jalb qila oldik. Urinishlarimiz samara berganidan dalolat.
Tadbir ko'tarinki kayfiyatda “Kompliment” mashg'uloti bilan yakunlandi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova, "GTQ" fakulteti tyutori D.Xursandovalar axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati