O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston hamkorlikda GES quradi
Uchta qo‘shni davlat Qirg‘iziston hududidan o‘tgan Norin daryosida “Qambarota GES-1” qurish bo‘yicha kelishuvga erishdi https://kz.kursiv.media/2024-04-15/zhnb-kambaratagesproject/. Qirg‘iziston prezidenti
Sadir Japarov 2022 yil 8 iyun kuni mazkur GES qurilishini boshlagan edi. 2023 yil yanvar oyida Bishkek shahrida “Qambarota GES-1” qurilish loyihasini hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha uchta davlat energetika vazirlari yo‘l xaritasini imzolagandi.
Loyihani amalga oshirish uchun tomonlar Qirg‘iziston hududida ushbu respublika qonunchiligiga muvofiq alohida aksiyadorlik jamiyatini tuzishadi. Uchta davlat tomonidan taqdim etilgan kompaniyalar ustav kapitalining ulushi quyidagicha bo‘ladi: O‘zbekiston 33%, Qirg‘iziston – 34 % va Qozog‘iston 33%.
Har bir tomon kompaniya asoschisini mustaqil ravishda belgilaydi. Tomonlarning ulushlari o‘zgarishsiz qoladi, ularning aksiyalarini birlashtirish, o‘tkazish va sotish imkoniyati to‘liq istisno qilinadi.