Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari
Joriy yilning 8 - аprel kuni "Gidromelioratsiya" fakulteti xotin - qizlar masalalari boʼyicha dekan maslahatchisi Zamira Beknazarova, dotsent Tursunoy Apaqxujayeva, Dilbar Baxramova, Nilufar Esonmudovalar ishtirokida 4-talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlar bilan “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” mavzusida suhbat tashkil etildi.
Oila — muqaddas dargoh. Oilaning vazifasi insoniyatning zanjirini sogʻlom avlodlar bilan bogʻlab borishdan iborat. Nikoh — bu erkak bilan ayol oʻrtasidagi muayyan ittifoq va bu ittifoqning jamiyat, davlat tomonidan tan olinishi va maʼqullanishining tarixiy shakli hisoblanadi. Shunday ekan, oila qurish uchun inson ham jismonan ham ma’nan tayyor bo’lishi lozim. Bu bo’yicha ustozlar tomonidan o’z hayotiy tajribalaridan berilgan misollari, qiziqarli suhbati qizlarga bevosita taʼsir koʻrsatadigan tarbiya oʻchogʻidir.
“Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Beknazarova axboroti
Universitet matbuot xizmati