TIQXMMI yangiliklari

img
06.04.2024

Ilmiy tadqiqot ishi muhokamasi

“Elektrtexnologiyalar va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasida rejaga muvofiq har haftada tadqiqotchilar olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda. 5-aprel kuni kafedra tayanch doktoranti Djumabayeva Zulfizarxonning  dissertatsiya ishi doirasida olib borgan tadqiqoti, erishilgan natijalar bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tdi.

Muhokamada tayanch doktorant Z.Djumabayeva  hozirgi kunda dolzarb muammolardan biri bo‘lib borayotgan ichimlik suvini zararsizlantirish ustida olib borgan tadqiqot natijalarining yutuqlar va kamchiliklar haqida to‘xtalib, ilmiy tadqiqot doirasida erishilgan natijalarga ko‘ra ilmiy asoslangan texnik yechimlarini taklif qildi. Muhokamada ishtirok etgan kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan berilgan savollar va takliflarni inobatga olib tadqiqotni davom ettirishga kelishib olindi.