Maktabdagi uchrashuv
2024 yil 5 aprel kuni Toshkent viloyati Piskent tumanida joylashgan 22 va 23-sonli maktablarda ”Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalsh muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti "Yer resurslari va kadastr" fakulteti, “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi dotsentlari S.Abduraxmanov, A.Jumanov va katta o’qituvchi A.R.Valievalar 9 va 11- sinf o'quvchilari bilan universitet yo'nalishlari haqida tashviqot ishlarini olib borishdi.
Uchrashuvda bugungi kunda Respublikamizda kitobxonlik adabiy jarayonlar va yoshlarga ko’rsatilayotgan e’tibor va g’amxo’rlik, jumladan, yosh avlodni qo’llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar xususida gapirildi. Undan tashqari “Yashil makon” loyihasi doirasida maktab bog’iga esdalik uchun mevali ko’chatlar o’tqazishdi.
Universitet matbuot xizmati