Milliy liboslar tanlovi
2024-yil 2-aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqotlar universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetida “Milliy liboslar - milliy an’analar” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda fakultet dekani Q.Shavazov, universitet “Xotin-qizlar kengashi raisi Z.Ismailova, fakultet “Xotin-qizlar kengashi” a’zolari va talabalar ishtirok etdilar.
Tadbirda Z.Ismailova, Q.Shavazovlar so‘zga chiqib, xotin-qizlarning kiyinish uslubini yanada takomillashtirish, ular o‘rtasida milliy va zamonaviylik uyg‘unligidagi, madaniyatimiz hamda mentalitetimizga mos liboslarni keng targ‘ib qilish borasida o‘z fikrlarini bildirdilar. Shuningdek, ushbu tadbir orqali xotin-qizlarning kiyinish madaniyatiga yangi uslub va tamoyillarni joriy qilish ham ko‘zda tutilganligini ta’kidlab o‘tdilar.
Tadbirda talaba-yoshlar o‘zlarining she’r, kuy va qo‘shiqlarini ijro etishib, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, xalqimizning milliyligimizga, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan yosh avlodga ota-onaga hurmat, farzandlik burchlarini anglatib, ehtiromini to‘liq ado etishlariga yo‘naltirish maqsadida tashkil etilgan tadbir taassurotlar boy o‘tdi Tadbir so‘nggida talabalarimiz kelgusida fakultet doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar bo‘yicha fikr almashildi.
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi E.G‘aniboyeva axboroti
Universitet matbuot xizmati