Ona vatanimizni asraylik
Bugun “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich 110-guruh talabalari bilan fakultet dekan muovini J.Turdiev ishtirokida “Ona vatanimizni asraylik” mavzusida davra suhbati o‘tkazdik. Hozirgi paytda chet ellarda ro‘y berayotgan mudhish hodisalarning oldini olishda, ogohlik davr talabi ekanligi buning yaqqol dalilidir. Qanchadan-qancha begunoh insonlarning umriga zomin bo‘layotgan, terroristlar tomonidan uyushtirilayotgan urushlar, loqaydlik va beparvolik oqibati emasmikan?. Biz shunday jannatmakon yurtda yashayotganimiz katta baxt. Siz talaba-yoshlar yaxshi o‘qing, o‘z kasbingizni mohir ustasi bo‘lib, Vatanga xizmat qiladigan etuk kadrlar bo‘lib chiqishingizni tilaymiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin. Yаngi O‘zbekistonimizga ko‘z tegmasin deymiz.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati