28.03.2024
Orasta qiz – ona baxti
Bugun “Iqtisodiyot” fakultetiga qarashli 3- talabalar turar joyida tozalik kuni o‘tkazildi. Qizlar qavatlaridagi xonalarning tozaligi ko‘zdan kechirildi. Ramazon oyi hurmati xonalar, oshxonalar, yo‘laklar tozaligi kayfiyatni ancha ko‘tardi. Qizlar iftorlikka tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Kimdir mastava, yana kimdir mantiga tayyorgarlik ko‘ryapti. Qizlar iftorlikdan keyin oshxonalarni tozalab, elektr plitalarni yuvib artib qo‘yishlarini takidlashdi. Kechasi yuvilmay qolgan idish- tovoqlar ro‘zg‘ordan barakani ketkazadi, shuning uchun oshxonamiz doim toza va ozoda bo‘lsin.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati