TIQXMMI yangiliklari

img
19.03.2024

Navro‘zda sport-madaniy tadbirlar…!

Joriy yilning 19-mart kuni universitet talabalar turar joyi hududida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida sport majmuasi ochiq maydonida, talaba-yoshlar ishtirokida sport-madaniy tadbirlariga start berildi.

Mazkur sport musobaqalari, talaba-yoshlar o'rtasida mini-futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka, voleybol hamda tosh ko‘tarish milliy sport oʻyinlari boʻyicha musobaqalar bayramona kayfiyatda tashkil etilib davom etmoqda.

Barchani “Navro‘z - umumxalq bayrami munosabati bilan SAMIMIY MUBORAKBOD ETAMIZ...!

Jismoniy tarbiya va sport

kafedrasi v.b.dotsenti  M.Norqobilov axboroti

Universitet matbuot xizmati