Ko'tarinki kayfiyat – xotirjamlik garovi!!!
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K. Muhammedova Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Z.Ismoilova hamda Xotin qizlar kengashi a'zolari ishtirokida ayol professor-o‘qituvchi pedagoglar ish faoliyatida ijobiy psixologik muhit yaratish orqali mehnat unumdorligini oshirish hamda jamoada jipslikni yanada kuchaytirish maqsadida “Birlashgan kuch yengilmas” va “Ko'tarinki kayfiyat – ish unumdorligi garovi” mavzularida seminar trening tashkil etdi.
Treningning maqsadi: pedagogik jamoani jipslashtirish, muloqot qilish qobiliyatini o'stirish, hissiy barqarorlikni mustahkamlash, o'ziga ishonchni oshirish, bir-biriga do'stona munosabatni yanada kuchaytirishga qaratilgan. O'tkazilgan trening mashg'ulotlarini bajarish orqali o'qituvchilar bir-birlarini yanada yaxshiroq tushunishlari hamda o'z-o'zlarini takomillashtirishlari, fikrlash va kommunikativ kompetentsiya mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan va natijada:
- qulay psixologik muhitni shakllantirish;
- guruh a'zolari o'rtasidagi o'xshashlikni topish, ular o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni yaxshilash;
- jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirish;
- guruhda birdamlik hissini rivojlantirish;
- har bir ishtirokchi guruhdagi o'rni va funktsiyasini bilishi;
- o'qituvchilarning muloqot qobiliyatini oshirish;
- omad, baxt, mehribonlik va muvaffaqiyat uchun kayfiyatni ko'tarish ko'zda tutilgan. Tadbirda davomida: “Yaxshi kayfiyat”, “Do'stimning ijobiy xususiyatlari”, “Kamalak”, “Maqtov” kabi trening o'yinlari o'tkazildi.
Yig'ilish ishtirokchilarida ko'tarinki kayfiyat yaratilgan holda tadbir o'z yakuniga yetdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati