Adabiy-ma’rifiy kechaga tashrif
18-mart kuni “TIQXMMI” MTU rahbar xodimlar, professor-o‘qituvchilar, tyuterlar va xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari birgalikda TURKISTON san’at saroyida “Vatan manzumasi” nomli adabiy-ma’rifiy kechaga tashrif buyurdilar. Tashrif doirasida barcha kechaga qatnashganlarda juda katta tassurot uyg‘ondi.
Birinchidan Vatanga bo‘lgan muhabbat, ikkinchidan vatanparvalik ruhiyati, uchinchidan hamkorlikdagi (sanantkorlar, xarbiylar, shoirlar va akterlar...) faoliyat, to‘rtinchidan ijodiy, adabiy, ma’rifiy ozuqa olindi. Bu esa barcha qatnashchilarga katta madad kuchini berdi.
Bugun tadbirdan shunchaki bir konsert ssenariyasini emas, balki bir insonni vatanparvar bo‘lib shakllanishiga ijodiy yondashuv, mehr-oqibat, otalariga hurmat, ehtirom, kasb tanlashga bo‘lgan sadoqat va shu bilan birga o‘z Vataniga sadoqatlilik kechasini guvohi bo‘ldik. Bunday ma’rifiy tadbirlarni har bir ta’lim muassasalarida tashkil etish va yoshlarni vatanparvarlikka chaqirish har birimizning asosiy vazifamizdir.