TIQXMMI yangiliklari

img
19.03.2024

Zafarga aylangan safar

O'zbekiston Respublikasi Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tarkibida "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a'zosi sifatida Xorazm viloyatiga safarbar qilingandik. "Ezgulik - shiorimiz, ma'rifat - qurolimiz" shiori ostida olimlar, shoir va yozuvchilar, aktyorlaru qo‘shiqchilardan tarkib topgan guruh 20-martga qadar xizmat safarini jiddu jahd bilan amalga oshirmoqdalar. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad  Prezidentimizning "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tabrigida ilgari surilgan tezislar va "2024-yilgi Navro‘z bayramiga tayyorgarlik ko‘rish  va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi" Qarorida aks etgan umumbashariy g‘oyalarni omma ongiga singdirishdan iboratdir.

Bizning ishchi guruhimiz tarkibi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, iqtidorli shoir Bobur Bobomurod, O'zDSMI dotsenti, taniqli aktyor va xonanda Dilmurod Uzoqov, umidli yosh san'atkorlardan Kumushoy Mo‘minovalardan iborat. "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a'zolari bilan Urganch, Qo‘shko‘pir, Honqa, Yangibozor va Gurlan tumanlaridagi zahmatkash, mehnatkash insonlar bilan "Ezgulik - shiorimiz, ma'rifat - qurolimiz" shiori ostida uchrashuvlar o‘tkazdik. Ijtimoiy kam ta'minlangan, himoyaga muhtoj oilalarda ham bo‘ldik. Ko‘chat o‘tqazish, niholga umrbaxsh etichdek xayrli ishdan ham chetda turmadik. Xullas, ijodiy safarimiz zafarimizga aylandi.

Universitet matbuot xizmati