TIQXMMI yangiliklari

img
18.12.2021

“Kurash” sport turi bo‘yicha rektor kubogi

Keyingi yillarda asrlar davomida mardlik, bag‘rikenglik, olijanoblik va halollikning timsoli sifatida e’zozlanib kelingan, o‘zbek xalqining tarixiy merosi — “Kurash” milliy sport turini qayta -tiklashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kurash - azal-azaldan olijanoblik, mardlik va halollik timsoli, xalqimizning bir necha ming yillik tarixga ega milliy-madaniy merosining bir qismi va bebaho boyligi hisoblanadi. 

Muxtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oldinga surgan beshta muxim tashabbus doirasining ikkinchi tashabbusda “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish” maqsadida joriy yilning 17 dekabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Kurash” sport turi bo‘yicha Rektor kubogi turnirida TIQXMMI Milliy tadqiqot Universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 2 bosqich talabasi 66 kg vazn bo‘yicha Xamzayev Jamshed faxrli uchinchi o‘rin soxibi bo‘ldi va  3 darajali diplom bilan taqdirlandi.  G‘oliblik muborak bo‘lsin Jamshed Xamzayev!

 

                                                YOBIB dekan o‘rinbosari  K.Usmonov

                                TIQXMMI matbuot xizmati