TIQXMMI yangiliklari

img
18.12.2021

Millаt tаnlаmаs illаtgа qаrshi hаrаkаt

Har qanday mamlakatning rivojiga, taraqqiyot yoʼliga jiddiy toʼsiq boʼlib, sohalar ravnaqiga tahdid tugʼdiradigan millat tanlamas illatlardan biri bu – korrupsiyadir. Hosildor tuproq erroziyaga uchrasa, chirish jarayoni boshlanadi natijada hosil haqida gap ham boʼlishi mumkin emas. Korrupsiya jamiyatning erroziyasidir. Shuning uchun ham mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridan eski tuzum orqali oʼtgan asrda qonlarga qoʼshilgan bu dardga qarshi kurash choralarini kuchaytirish, uning tag-tomiri bilan yoʼqotish, bu boradagi huquqiy asoslarni yanada mustahkamlashga jiddiy eʼtibor qaratilib kelindi. Bu boradagi ishlarning mantiqiy davomi sifatida mamlakatimiz rahbari, Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oʼz faoliyatiga kirishgan dastlabki kunlardanoq davlat va jamiyatni taraqqiy ettirishda, eng muhimi, xalqni rozi qilishda korrupsiyaga qarshi keskin kurashish lozimligini oʼzlarining qator chiqishlarida taʼkidlab oʼtdilar.

Bugungi kunga kelib sohadagi islohotlar sabab oliy taʼlim tizimida ham vaziyat tubdan oʼzgardi, kimning bilimi, qobiliyati, salohiyati boʼlsa, oʼsha odam oʼqiydi, degan tamoyilga amal qilina boshlandi. Shu bois endilikda taʼlimdagi korruptsiyani tag-tomiri bilan yoʼq qilishga astoydil kirishilgan. Kecha soat 14.00.da “Suv xoʼjaligini tashkil etish va boshqarish” fakulьtetining tashabbusi bilan Toshkent shahar prokurorining katta yordamchisi Mengibaev Аlisher Ubaydullaevich bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Suhbat fuqarolarda huquqiy madaniyatni shakllantirishda prokuratura organlarining vazifalari masalalariga bagʼishlandi. U oʼz nutqida mustaqillik yillarida prokuratura sohasining rivojlanishi toʼgʼrisida gapirdi. Bir paytlari odamlar prokuraturani jazolovchi idora sifatida bilishgan. U endilikda vaziyat oʼzgargani, prokuratura aziyat yetkazuvchi organ emas, balki xalq xizmatida boʼluvchi, manfaat yetkazuvchi idora, 4 ta sektorning biri sifatida odamlarning muammolarini yechishga koʼmaklashuvchi jabha ekani haqida soʼz yuritdi. Shuningdek, u haqiqiy inson va mutaxassis boʼlish uchun koʼp mehnat qilish zarurligini, qonunga nisbatan hurmat boʼlishi va aks holda, inson oʼziga jabr yetkazishini taʼkidlab, talabalarga oʼgit berdi. Bu xususdagi suhbatlarni davomli tarzda tashkil etilishi tarafdori ekanini eʼtirof etdi.

 TIQXMMI MTU Matbuot xizmati