TIQXMMI yangiliklari

img
16.03.2024

Аmаliyotni sаmаrаli tаshkil qilish uslubiyati

Gidromelioratsiya fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” bakalavr taʼlim yo‘nalishi talabalari bilan joriy yilning 15 mart kuni malakaviy amaliyotlarni samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqarish korxona va tashkilot rahbarlari bilan birgalikda 3-kurs 301, 302, 304 guruh talabalari oflayn va 4-kurs talabalari bitiruv oldi amaliyotini o‘tayotgan talabalar bilan ZOOM orqali onlayn tarzda uchrashuvi o‘tkazildi.

Ushbu uchrashuvda so‘zga chiqqan “Chap-qirg‘oq Аmudaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi “Suv xo‘jaligini rivojlantirish va strategik tahlil qilish” bo‘limi boshlig‘i - D.Kenjaev, “Аmu-Surxon” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi birinchi o‘rinbosari А.Xolboyev, “Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti” ilmiy kotibi U.Sadiyev, “Marketing va talabalar amaliyoti” bo‘lim boshlig‘i X.Xaitov va “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedra mudiri professor I.Begmatov tomonidan amaliyot jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha fikrlar bildirildi hamda tavsiyalar berib o‘tildi. Ishlab chiqarish tashkilotlari rahbarlarining kelajakda talabalarni amaliyotga jalb qilish bo‘yicha fikrlari eshitildi, amaliyotni tashkil qilish bo‘yicha kelishib olindi.

Ishlab chiqarish korxona rahbarlari tomonidan kelajakda salohiyatli, bilimli yoshlarni ishga jalb qilishga takliflar bildirdi. Uchrashuv qiziqarli hamda savol va javobga boy tarzda o‘tdi. Talabalar tomonidan berilgan fikrlarga, bunday uchrashuvlar doimiy tarzda ishlab chiqarish tashkilotlari bilan o‘tkazilishi ishga joylashishda katta ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlashdi.