TIQXMMI yangiliklari

img
16.12.2021

“Akademik harakatchanlik” dasturining 1-mavsumi gʻoliblari e’lon qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarorida belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida vazirlik tomonidan 2021-yilning may oyidan boshlab ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari mablagʻlari doirasida “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida loyihalar qabul qilish boʻyicha Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan eʼlon berilgan edi. Yoshlar akademiyasining xabar berishicha ushbu dasturda ishtirok etish boʻyicha 23 ta ariza qabul qilingan.  Yuqoridagi qaror bilan tasdiqlangan “Akademik harakatchanlik dasturini shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish va monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida nizom” tartibiga muvofiq tanlovga taqdim etilgan loyihalar koʻrib chiqish va baholash maqsadida tanlov ishchi guruhi muhokamasida koʻrib chiqilgan.   Vazirlik Hayʼati muhokamasida “Akademik harakatchanlik” dasturi ishchi guruhi muhokamalarida koʻrib chiqilgan va ragʻbatlantirishga tavsiya etilgan 13 ta loyihani moliyalashtirish boʻyicha qaror qabul qilindi. Quvonarlisi  moliyalashtirish boʻyicha tavsiya etilgan 13 ta loyihaning 5 tasi aynan bizning universitet yosh iqtdorli olimlariga tegishli bo‘lib, respublika miqiyosida g‘oliblikni qo‘lga kiritganlarning 38 foizini tashkil etadi. Quyida ushbu ro‘yhat bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

“Akademik harakatchanlik” dasturi 1-mavsumi doirasida moliyalashtiriladigan loyihalar

ROʻYXATI
 

T/r

Loyiha nomi

Loyiha rahbari

Loyiha rahbari faoliyat yuritayotgan tashkilot

Loyiha bajariladigan tashkilot

Amalga oshirish muddati

1

Nuqtali kontaktli payvandlash mashinasi elektrodi uchun mis asosli elektrodlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish

Aliqulov Adxam Xoltoji oʻgʻli

Toshkent davlat texnika universiteti

“Olmaliq KMK” AJ qoshidagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi (Chirchiq shahri)

6 oy

2

Kasr tartibli integro-differensial operator qatnashgan yuklangan tenglamalar uchun noklassik masalalar

Baltayeva Umida Ismoilovna

Xorazm Maʼmun akademiyasi, Fanlar akademiyasi mintaqaviy boʻlimi

OʻzR FA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti (Toshkent shahri)

3 oy

3

Paxtachilik traktorini orqa koʻprigi klirensi oʻzgargandagi parametrlarini asoslash

Botirov Ravshan Maxkam oʻgʻli

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi texnika va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi (Toshkent viloyati)

6 oy

4

Polikondensatsion ionitlarda d-metallar sorbsiyasi va kompleks hosil qilishini zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida oʻrganish

Eshqurbonov Furqat Bozorovich

Toshkent davlat  texnika universiteti Termiz filiali

Ilgʻor texnologiyalar markazi (Toshkent shahri)

3 oy

5

Irrigatsiya nasos stansiyalari suv olish inshootlarning gidravlik ish sharoitlarini takomillashtirish

Gazarayan Aleksandr Sergeevich

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

“OʻZSUVLOYIHA” AJ (Toshkent shahri)

6 oy

6

Havo + suv yordamida magistral kanallarda loyqa choʻkindilarni tozalashda innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish

Melikuziyev Sarvarbek Maxmud oʻgʻli

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

Mirishkor irrigatsiya tizimi boshqarmasi (Qashqadaryo viloyati)

6 oy

7

Irrigatsiya tizimlarida yangi nasoslar konstruksiyalarini yaratish

Nasirova Naira Ravelevna

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

“SUVMASH” AJ (Toshkent shahri)

6 oy

8

Ruda maydalovchi drobilka detallarini tayyorlash uchun qattiq qotishmaning yeyilishga bardosh tarkibini ishlab chiqish va uni tadqiq qilish

Parmonov Sarvar Toshpoʻlatovich

Toshkent davlat texnika universiteti

Navoiy davlat konchilik instituti (Navoiy viloyati)

4 oy

9

Yurak ishemik kasalligi rivojlanishida sezuvchanligi yuqori xavf omillarini aniqlash

Rajabova Raʼno Shavkatjon qizi

Toshkent tibbiyot akademiyasi

Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasi (Toshkent shahri)

4 oy

10

Irrigatsiya tizimlaridagi parrakli nasoslarni oqim qismini takomillashtirish va energiya tejamkorlikka erishish

Rashidov Jaloliddin Ibodullayevich

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

“SUVMASH” AJ (Toshkent shahri)

6 oy

11

Geoaxborot texnologiyalarini qoʻllash orqali Aydarkoʻl-Arnasoy-Tuzkon koʻllar  tizimi muhofaza zonasi xaritalarini yaratish

Saipova Barnoxon Vapojonova

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Geodeziya va topografiya nazorati boshqarmasi (Jizzax viloyati)

6 oy

12

Lalmi maydonlarga moʻljallangan yangi turdagi gʻalla seyalkasini ishlab chiqish

Xudayqulov Rustam Fayziyevich

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

“BMKB Arromash” AJ (Toshkent shahri)

4 oy

13

Jangovor texnikalarni suv ostida boshqarish tizimini takomillashtirish uchun 3D loyihalashni oʻrganish

Xursanov Doniyorbek  Damirjon oʻgʻli

Chirchiq Oliy Tank Qoʻmondonlik bilim yurti kursant

“Oʻzavtosanoat” AJ vasiyligidagi “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MCHJ (Toshkent shahri)

2 oy

 


Ushbu yututqlar bilan yosh olimlarimizni universitetning ko‘p sonli jamoasi nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz va kelgusidagi faoliyatlariga ulkan omad va zafarlar tilab qolamiz.