TIQXMMI yangiliklari

img
16.12.2021

"Rossiya va O‘zbekiston davlatlari kasbiy va pedagogik ta’limning zamonaviy yo‘nalishlari"

Mamlakatimiz mustaqilligi-ning dastlabki yillaridanoq, milliy ta’lim tizimining huquqiy asoslari shakllantirildi va uning yagona, uzluksiz modeli yaratildi. O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib, ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirishga oid huquqiy asoslar yaratildi. Xozirda malakali kadrlarning nufuzini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan uzviy aloqalar o‘rnatish, oliy ta’lim muassasalari talabalarining kreativ qarashlari va faoliyat yurityotgan pofessor-o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini oshirish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri xisoblanadi.

Shu munosabat bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi hamda Rossiya davlat professional ta’lim universiteti ilmiy markazi bilan hamkorlikda  "Rossiya va O‘zbekiston davlatlari kasbiy va pedagogik ta’limning zamonaviy yo‘nalishlari" mavzusida vebinar tashkil etildi. Vebinardan ko‘zlangan maqsad oliy ta’lim tizimining zamonaviy tendensiyalari hamda zamonaviy vektorlarni muhokama qilish, shuningdek Rossiya va O‘zbekistonda kasbiy ta’limni rivojlantirish tendensiyalari xisoblanadi. Vebinarda Rossiya davlat professional ta’lim universiteti  dotsenti T.G.Sumina, professor L.M.Andryuxina, professor S.L.Fomenko, Professional ta’lim va jismoniy madaniyat kafedrasidan professor Z.K.Ismailova, dotsentlar M.K.Xoshimova, D.A.Mustafoeva hamda kafedra doktoranti P.M.Maxsudov hamda X.Tuychievlar ishtirok etdi.

 

 TIQXMMI MTU Matbuot xizmati