TIQXMMI yangiliklari

img
14.03.2024

Ustoz - shogird an'anasi - taraqqiyot tantanasi

“Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi dotsenti Adilov Ya. “Mexatronika va robototeхnika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 311-guruh talabalari bilan doimiy ravishda energetika istiqbollari bo‘yicha ochiq dars o‘tib kelmoqda. Adilov Ya. o‘z shogirdlari bilan 2024-yil 13-mart kuni “Muqobil elektr energiya manbalarini qo‘llash” to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazdi.

Davra suhbatida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ularning natijalari bo‘yicha fikr - mulohazalar bildirildi. Har bir talaba turli sohalarda, oʻziga xos texnikaviy yechimga ega boʻlgan yangiliklar ustida ilmiy izlanishlar olib borishi  ta’kidlandi.

Universitet matbuot xizmati