Suv resurslaridan foydalanishda xalqaro tajriba almashinuvi
Joriy yilning 12-mart kuni zamonaviy suv tejamkor texnologiyalar bo‘yicha yetakchi korxonalardan biri “Netafim” Ltd. kompaniyasining Toshkentdagi mutaxassislari: Nurbek Nurbayev, Firuza Raximova, Aziza Turejanova va Muhriddin Elmurodovlar tomonidan “Time for water” mavzusida seminar tashkil qilindi.
Seminarda “TIQXMMI” MTU GM fakulteti dekani, “Irrigatsiya va melioratsiya” va “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedralari professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar, magistrlar hamda bakalavriat talabalar qatnashdi. Ushbu seminarda kafedra yetakchi ustozlari hamda talabalar bilan birga yurtimizda suv tejamkor texnologiyalarni qo‘llash va ulardan foydalanishda uchrayotgan turli xil muammolarga samarali yechimlar muhokama qilindi.
Seminar davomida, global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslari tanqisligi tobora kuchayib borayotgan bir vaqtda qishloq xo‘jaligida ekinlarni yetishtirishda yuzaga kelayotgan muammolar hamda suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarni joriy qilishda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ochiq erkin muloqat bo‘lib o‘tdi. Tadbirda talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, “Netafim” Ltd. kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston sharoitida qo‘llanilayotgan va taklif etilayotgan zamonaviy texnologiyalar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berildi.
Tadbirda Netafim kompaniyasi tomonidan qilinayotgan yirik loyihalar jumladan, suv tejovchi sug‘orish texnologiyalar va zamonaviy issiqxonalarni joriy qilish orqali yuqori samaradorlikka erishish bo‘yicha taqdimotlar qilindi.
Tadbir so‘ngida talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, kelgusida “Netafim” Ltd. kompaniyasi hamda “Gidromelioratsiya” fakulteti bilan hamkorlikda bir necha loyihalar bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirildi.
60813000-Suv xo‘jaligida innovatsion texnologilar va ulardan foydalanish ta'lim va 60812300-Suv xo‘jaligi va melioratsiya yo'nalishlarida malakaviy amaliyotlarni samarali tashkil etish maqsadida uchraruv tashkil etildi va amaliyot o’tash bo’yicha hamkorlik shartnomasi tuzildi.