TIQXMMI yangiliklari

img
16.12.2021

Belorussiya davlat texnika universiteti bilan hamkorlik

Bugun 15 - dekabr 2021 - yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetiga Belorussiya davlat texnika universiteti delegatsiyasi tashrif  buyurdi. Tashrif davomida Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Sherzod Rahmonov unversitet haqida ma'lumot berdi. Uchrashuda "Qishloq va suv xo'jaligi energiya ta'minoti" fakulteti dekani Isaqov Abdusaid Jalilovich, kafedra mudirlari va "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti dekani Hasanov Baxriddin Baratovich hamda kafedra mudirlar professor-o’qtuvchilar  ishtirok etishdi.

Belorussiya delegatsiyasi rahbari A. Kurushevckiy Belorussiya davlat texnika unversiteti haqida to’liq xabar berdi va kelajakda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti QSXET va GTQ fakultetlari bilan qo’shma ta'lim dasturi loyihasi ishlab chiqish kerakligini va ikki tomonlama talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish lozimligini ta'kidlab o’tdi. Tadbirda fakultetning iqtidorli talabalari hamda bitiruvchilar qatnashdilar o’zlarini qizitirgan savol javoblarini olib juda qizg’in tarzda bo’lib o’tdi. O’ylaymizki tuzilgan ikki taraflama qo’shma ta’lim barcha talabalarimiz uchun foydali bo’ldi dib o’ylaymiz.

 

 TIQXMMI MTU Matbuot xizmati