Tikuvchilik terapiyasining inson ruhiyatiga ta'siri
Joriy yilning 6 mart kuni " Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova tomonidan talaba qizlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Tikuvchilik terapiyasi orqali qizlarni oilaga tayyorlash" mavzusida tadbir tashkil etdi. Ushbu tadbirda qizlar universitetimiz Xor jamoasi qizlari uchun sahna liboslarini yaratish va tikish bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi.
Mahorat darsida qizlar oson va tez tayyor bo‘ladigan bazm liboslari, sahna liboslari va kundalik liboslar tikish bo‘yicha kerakli ko‘nikma va malakalar orttirishdi. Ushbu tadbirdagi tikuvchilik mahorati darslari qizlarni har xil stresslardan halos etishga, yangi liboslar yaratishga va talaba qizlarda har qanday muammoga ijodiy yondashuvni shakllantirishga qaratildi. Tadbir qizlarning o'zlari yaratgan liboslarni kiyib zavqlanishlari bilan o'z nihoyasiga yetdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati