TIQXMMI yangiliklari

img
15.12.2021

«TIQXMMI-Milliy tadqiqot universiteti»ning  QS xalqaro reytingdagi ko‘rsatkichi yanada mustahkamlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi "Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarorida «TIQXMMI-Milliy tadqiqot universiteti»ni transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish hamda 2025 yilga qadar xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kiritish vazifalari belgilangan. Bu borada 2021 yilning 15 dekabr kuni QS xalqaro reyting agentligining “Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari oliy ta’lim muassasalarining (QS World University Rankings: Emerging Europe and Central Asia)” 2022 yilgi reytingi e’lon qilindi.



Unda O‘zbekiston tarixida birinchi bo‘lib reytingga kirgan 
«TIQXMMI-Milliy tadqiqot universiteti» 2021 yilgi reytingda 271 o‘rin egallagan bo‘lsa, 2022 yilgi reytingda 60 pog‘ona yuqorilab,  211 o‘rinda qayd etildi.  Quvonarlisi shundagi, «TIQXMMI –Milliy tadqiqot universiteti» xalqaro reyting ko‘rsatkichlarini yildan-yilga oshirib bormoqda, ya’ni 2020 yilda 334 o‘rinda, 2021 yilda 271 o‘rinda va 2022 yilgi reytingda 211 o‘rinni qayd qilib,  QS World University Ranking
ЕЕСА ning 47 foizlik eng ilg‘or universitetlari qatoridan joy oldi.

  TIQXMMI MTU Matbuot xizmati