Ayol borki, olam maftunkor
7-mart kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti "Gidromelioratsiya" fakulteti dekani J.Ishchanov boshchiligida fakultet ayol professor-o‘qituvchilari hamda talaba-qizlar ishtirokida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar” kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni J.Ishchanov kirish so‘zi bilan ochib, so‘nggi yillarda xotin-qizlarga ta’lim olishlari uchun berilgan imkoniyat va imtiyozlar, xalqaro tanlovlarda yurtimiz yoshlarining ishtirokini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to`xtalib o‘tdi.
Tadbirda universitet rektorining talaba-qizlarimizga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Fakultet professor-o‘qituvchilari talaba-qizlarga samimiy tilaklar bildirib, tabriknomalar va sovg`alarni topshirishdi.
Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari O.Ro`zibayev axboroti
Universitet matbuot xizmati