15.12.2021
“Yosh o‘qituvchilarning salohiyatini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslari to’g’risida”
Institut rektorining 2021 yil 23 oktyabrdagi №-431a/f – sonli buyrug‘iga binoan “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasining professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedraning yosh o‘qituvchilari va doktorantlari hamda ilmyi tadqiqotchilarining pedagogik mahoratini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslari rejaga muvofiq tashkil etilmoqda. Ta’limni modernizatsiyalash jarayonida professional ta’limdagi muammolar, professional ta’limning ilmiy-tadqiqot metodlari, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ularning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish, dual ta’lim tizimi hamda integrativ va o‘quv mashg‘ulotlarida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash kabi mavzularda ma’ruza hamda amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.