TIQXMMI yangiliklari

img
05.03.2024

Muammo bu - imkoniyat

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Yer resurslari kadastri" fakulteti 1-3-kurs talabalari bilan universitet psixologi M.K.Muhammedova "Mantiqiy fikrlash orqali muammolardan xalos bo'lish" mavzusida tadbir o'tkazdi.

Tadbirda ishtirokchilarning muloqotmandliklarini, jamoada ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish, faolliklarini oshirish va mantiqiy fikrlash orqali muammolardan xalos bo'lishga mo'ljallangan trening va mashg'ulotlar o'tkazildi.

Tadbir davomida "Parvozdagi qozlar", "Bir yarimta tovuq"," Yechimini top", "Mening maqsadlarim" kabi oʻyin mashg'ulotlari o'tkazildi. Tadbirda barcha talabalar faol qatnashishdi. O'tkazilgan tadbir barcha ishtirokchilarga ma'qul kelishi bilan birgalikda ularning faolliklarini oshira oldi.  

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati