TIQXMMI yangiliklari

img
13.12.2021

“Maxallada duv duv gap”

Institut rektorining 10.05.2021 yildagi 228a/f buyrug‘iga asosan institut va maxalla xamkorligini kuchaytirish va biriktirilgan maxallalarda manzilli ishlar olib borish doirasida joriy yilning 11-dekabr kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining professor-o‘qituvchilari, fakultetga biriktirilgan “Mustaqillik” maxallasi bilan “Maxallada duv-duv gap” madaniy tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda maxalla raisi R. Nabiev va maxalla faoli M. Kamoldinovalar so‘zga chiqib, Universitet tomonidan berilayotgan e’tibor uchun aloxida minnatdorchilik bildirib o‘tdilar.

Fakultet YOBIB dekan o‘rinbosari K.Usmonov va fakultet xotin-qizlari kengashi raisi N.Xoliqova so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladilar va mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashaydigan uyushmagan yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularni xorijiy tillar, kompyuter savodxonligi, sport, madaniyat va kitobxonlik to‘garaklariga jalb qilish hamda talabalar turar joylarida, madaniyat markazlarida va mahalla fuqarolar yig‘inlarida yoshlar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil etishni davom ettirishni bildirib o‘tdi. Madaniy tadbirda nuroniylar va maxalla faollari bilan bir piyola choy ustida suxbatlar qurilib,  fakultetning talaba-yoshlari tomonidan tashkillashtirilgan she’riyatxonlik va qo‘shiqlari bilan davraga yanada fayz kiritdilar. Ayniqsa, “Fizika va kimyo” kafedrasi dotsenti A.Axmedovning qo‘shiqlariga nuroniylar ham raqsga tushib madaniy xodiq chiqardilar.

                                    

                                                YOBIB dekan o‘rinbosari  K.Usmonov

                              Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati