TIQXMMI yangiliklari

img
13.12.2021

Milliy tadqiqot universiteti - millat ehtiyoji

Har qanday yangilik ehtiyoj va zaruriyatning hosilasidir. Muhtaram Prezidentimizning "Yangi O'zbekiston strategiyasi" kitobining muqaddimasi ushbu ibora bilan boshlanadi. "Dunyoda hech bir tong bir xil otgan emas." Demak, rivojlanish o‘zgarish, yangilik va evrilishlar badaliga sodir bo‘ladi. Chunki jadallik bilan rivojlanayotgan dunyoda boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Bu harakat hayotning o‘zi ko‘ndalang qo‘ygan muammolarga javob izlash bilan ham izohlanadi. Suv zahiralaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi yerlari biofondini tiklash, sho‘rlangan va eroziyaga uchragan maydonlarni qayta foydalanishga kiritish zarurati kabi muammolar investitsiya va ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish, raqamli texnologiyalarini keng joriy etish orqali ilmiy salohiyatni yangi bosqichga ko‘tarishni talab etadi.

Ana shu maqsadda "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universitetini tashkil etish to‘g‘risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining  qarori bu borada katta  ahamiyat kasb etdi.  Bugun ta'lim muassasamizning katta anjumanlar zalida professor o‘qituvchilar ishtirokida  xuddi shu qaror munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Institutimizning Birinchi prorektori Bahodir Mirzayev tadbir moderatori sifatida Milliy tadqiqot universitet faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqaruv kengashi rahbari Umurzakov Sardor O'ktamovichga so‘z berdi. Universitetni samarali boshqarish tizimini joriy etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor O'ktamovich Umurzakov Prezidentimizning mazkur qarorining dolzarbligi nuqtai nazaridan o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdi. Bu qarorning har bir bandi ijrosini amalga oshirishda uyushqoqlik va ahillik muhimligini ta'kidladi.

Keyinchalik B.S.Mirzayev qaror mohiyati yuzasidan taqdimot dasturi orqali mufassal ma'lumot berdilar. Songra tadbir yakunida Professor-oqituvchilar va yoshlarning taklif va fikrlari eshitildi. Boshqaruv kengashi rahbari har shanba kuni tashrif buyurishini, qanday masalalar boyicha mulohazalar bolsa javob berishini e'tirof etdi.

TIQXMMI matbuot xizmati