Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) ning Oziq-ovqat komiteti (FAO) vakillari bilan xamkorlik
26-fevral kuni Oziq-ovqat komiteti (FAO) vakillari xalqaro maslahatchi muhandis Vasiliy Bumakov va Rimdagi bosh qarorgohi qishloq xo‘jaligi muhandisi Santos-Valle Santyagolar bilan “Qishloq xo‘jaligini barqaror mexanizatsiyalash strategiyasini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida xamkorlik o‘rnatish yuzasidan uchrashuv tashkillashtirildi. Uchrashuvda, fakultetda olib borilayotgan, qishloq xo‘jaligi texnikalari konstruksiyalarini takomillashtirish, foydalanish (mashina-traktor agregatlari tuzish, ishlatish), servis (savdo, ehtiyot qismlar ta’minoti, texnik xizmat va ta’mirlash ishlari, logistika, sifat monitoringi) ishlari yo‘nalishida bajarilgan va rejalangan ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
“Qishloq xo‘jaligini barqaror mexanizatsiyalash strategiyasini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi amalga oshirilayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston hukumatini qishloq xo‘jaligini barqaror mexanizatsiyalashni ta’minlaydigan strategiyani ishlab chiqishda qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligi to‘g‘risida aloxida to‘xtalib o‘tildi hamda loyiha doirasida mexanizatsiyalash sohasida milliy salohiyatni rivojlantirish va soha manfaatdor tomonlari uchun treninglar o‘tkazishga kelishib olindi.