"Hunar- oqar buloq, ilm - yonar chiroq"
Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat. Sh .M. Mirziyoev
Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo'ldan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon o‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga chambarchas bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Joriy yilning 27-fevral kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova, universitetimiz psixologi M.Muhammedova, "Iqtisodiyot" fakulteti tyutori D.Egamovalar, "Iqtisodiyot" fakulteti "Qizlarjon kulibi" a'zolari, talaba qizlarimiz bilan "Hunar-tuganmas xazina" mavzusida davra suhbati o'tkazdilar.
Ra'no Kodirova "Hunar zar" deydi, dono xalqimiz, hunar -insonni ko'klarga ko'taradi, elda aziz qiladi. Hunarli inson hech qachon xor bo'lmaydi. Hunar – tuganmas xazina hisoblanadi. Yoshlar o‘z oldilarida haqiqiy, keng hayot yo‘li ochilishi uchun ko‘p kuch-g‘ayrat sarflashlari kerak va eng asosiysi o‘z ko‘ngillariga yoqgan, jamiyatga zarur va foydali ishni tanlashlari lozim. Shu boisdan ham ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan yoshlar qo‘shimcha ravishda biror hunarni o‘rgansalar, ular uchun bu bir umrlik xazina bo‘lib qoladi deb takidladilar. Shundan so'ng talaba qizlarimiz o'qish bilan bir qatorda universitetimiz psixologi Muhayyo Muhammedova rahbarligidagi xor jamoasida, hamda "Qizlarjon klubi" da Muhayyoxonni mehribon, aziz ustozlari bo'lib qolganlarini jo'shib gapirdilar. Talaba qizlarimizdan 108- guruh talabasi Bahodirova Dilnura o'z qollari bilan yasagan ishlarini faxr bilan qo'liga olib, o'z qo'ling bilan yasagan narsang insonga boshqacha zavq, faxr tuyg‘ularini bag'ishlaydi deydi va shu bilan bir qatorda universitetimiz rahbariyatiga shunday sharoitlar yaratib berganlari uchun o'z minnatdorchiligini bildirdi.
Davra suhbati qizg'in savol- javoblar bilan davom etib, suhbatdan qizlarimiz zo'r motivatsiya oldilar. Davra suhbati juda quvnoq va sermazmun o'tdi .
"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti
Universitet matbuot xizmati