“Qizlarjon klubi” amalda
2024-yil 27-fevralda universitet “Qizlarjon klubi” talaba qizlari o’rtasida tashkil qilingan yo’nalishlar bo’yicha tadbir o’tkazildi. Bizga ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida"gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Universitet “Qizlarjon klubi” rahbari Z.Xafizova tomonidan tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda psixolog M.Muxammedova, GM va "Iqtisodiyot" fakultetining faol va iqtidorli talaba qizlari ishtirok etdi. Tadbirda mamlakatimizda yoshlar faoliyatini qo’llab-quvvatlash, ularning faolligini oshirish, huquq va manfaatlarini himoyalash, borasida keng ko’lamli ishlar olib borilayotganligi, yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, ko’rsatilayotgan e’tibor va g’amxo’rlik tufayli yoshlarning faolligi ortib borayotganligi ta’kidlandi.
Bugungi kunda yoshlar, ayniqsa, qiz bola tarbiyasi, ularning zamonaviy bilim va hunarlarni egallashi, yuksak ma’naviyatli, odob-axloqli inson bo’lib voyaga yetkazishi muhim masalalardan hisoblanadi.
Aynan "Qizlarjon klubi" faoliyati qizlarimizni odob-axloq tamoyillari asosida tarbiyalash, ularni oilaga tayyorlash, kasb-hunarga o’rgatish, kiyinish va muomala madaniyatini, sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini yuksaltirish, ongi va qalbini turli g’oyaviy tahdidlardan himoya qilish borasidagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko’tarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayni kunda universitetimizda "Qizlarjon klubi" tashkil etilib, samarali faoliyat yuritmoqda.
"Qizlarjon klubi" faoliyati orqali faol va iqtidorli qizlar safini kengaytirish, o’zaro hamkorligini mustahkamlash, ularning xalqimizning odob-axloq me’yorlari, milliy qadriyatlarimiz hamda istiqlol g’oyalariga hurmat ruhida tarbiyalash, oilaviy hayotga tayyorlash, turli yot g’oyalar, "Ommaviy madaniyat" ta’siriga tushib qolishlarining oldini olinmoqda.
Klublar mashg’ulotlarida talaba qizlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, pazandalik, bichish-tikish singari ro’zg’or yumushlarini, shuningdek, gigiyena va sog’lom turmush tarzi qoidalariga amal qilish oilaviy hayotga tayyorgarlik borasidagi bilim va ko’nikmalarni puxta o’zlashtirib olishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Ayniqsa, klub yetakchilari tomonidan olib borilayotgan targ’ibot va tushuntirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada har bir qiz ilg’or talabalar safida yurishga, o’qishda, jamoat ishlarida faol bo’lishga intilmoqda. Hozirgi kunda "Kitobxon qiz" tanloviga tayyorgarlik ko’rilmoqda.
"Qizlarjon klubi" faoliyati doirasida o’tkaziladigan mashg’ulot va tadbirlarga universitetimizning barcha qizlari jalb etilgan,
Universitet “Qizlarjon klubi” rahbari Z.Xafizova axboroti
Universitet matbuot xizmati