Texnikumda mahorat darsi
“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi dotsenti, i.f.d. M.Sh.Mamatkulov Andijon viloyatidagi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Paxtaobod qishloq xo‘jaligi texnikumi”ga tashrif buyurib, o‘quvchilarlarga “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” mavzusida mahorat darsi o‘tib berdi. Mazkur Yangi taraqqiyot strategiyasinining 7 ta ustuvor yo‘nalishlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati o‘quvchilarga ochib berildi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida birinchi o‘ringa shaxs, inson qadri yuqori o‘ringa qo‘yilib, “Inson – jamiyat – davlat” degan yangi tamoyil asosida inson manfaati, uning qadr-qimmati bosh maqsad ekanligi aytib o‘tildi.
Uchrashuv qizg‘in muhokama ruhida o‘tkazilib, o‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Undan tashqari, uchrashuv mobaynida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, o‘quv-uslubiy ta’minot bilan bog‘liq mavjud muammolar va ularni yechimlari bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlashda amaliy yordam berilishi ta’kidlab o‘tildi.
TIQXMMI matbuot xizmati