Talabalik mas’uliyati
Mana bugundan QXM fakultetining 1-kurs talabalari uchun yakuniy nazorat jarayonlari boshlandi. "Sport -sogʻlik garovi" shiori bilan universitetimiz sport zallarida belgilangan vaqtda, belgilangan tartib - qoidalarga asosan barcha talabalarimiz berilgan topshiriqlarni bajarishga kirishdilar. Har doim darsga oʻz vaqtida kelib topshiriqlarni bajarib,oraliq va joriy ballarini yetarli miqdorda yiqqan talabalarga yakuniy nazoratlarga ishtirok etish huquqi, maʼlum sabablarga koʻra darslarga vaqtida qatnasha olmagan talabalarga esa, keltirilgan asosli sabablari va asoslovchi hujjatlariga koʻra qoldirilgan darslarni oʻzlashtirib yakuniy nazorat topshirish imkoniyati berildi. Bugungi imtihonlar juda chiroyli va adolatli tarzda baholandi.Ustozlarimizga rahmat aytib,talabalarimizning navbatdagi imtihonlariga omad tilaymiz.
QXM fakulteti tyutori Oliya Abdullayeva axboroti
Universitet axborot xizmati