TIQXMMI yangiliklari

img
27.02.2024

Qizlar tarbiyasi - jamiyat ko'rki

Oilada qiz farzandning dunyoga kelishining o‘ziyoq ota-onani nozikta’blikka, muloyimlikka unday boshlaydi. Ma’naviyatli, iboli-hayoli, irodali, saranjom-sarishta bo‘lish qizi uchun eng kerakli fazilatlar ekanini anglagan ota-onaning o‘zi bu borada o‘rnak bo‘lishga intilgan.

Joriy yilning 26-fevral kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova tomonidan 3-TTJ da "Iqtisodiyot" fakulteti talaba  qizlari bilan"Odob-qiz bolaning ziynati" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Dastavval,  Ra'no Kodirova talaba qizlarimizni xonalarini birma - bir toza - ozodaligini, qizlarimizni sog'liklarini, o'qishlarini,kayfiyatlari to'g'risida suhbatlashib bo'lgach qizlarimizni davra suhbatiga chorladilar.

Davra suhbatida Ra'no Kodirova qizlar tarbiyasi juda nozik masalalardan bo'lib, qadimdan shunday bo'lib kelganini, qiz bola oilaning bayrog'i, uni doimo baland ko'tarishi lozim, kerak deb ta’kidladilar. Qizlar tarbiyasiga oid rivoyatlardan aytib berdilar. Davra suhbati qizg'in savol-javoblar bilan sermazmun,quvnoq o'tdi.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati