TIQXMMI yangiliklari

img
26.02.2024

"O‘zbekistonda ma’lumotlar ilmi fani – “Data science" ta’limini rivojlantirish istiqbollari" mavzusidagi ilmiy- amaliy seminar

2024-yilning 26-fevral kuni Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash "Ulug‘bek" jamg‘armasida "O‘zbekistonda ma’lumotlar ilmi fani – “Data sciens" ta’limini rivojlantirish istiqbollari" mavzusidagi ilmiy- amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda jamg‘arma raisi O.Salimov, Mirzo Ulug‘bek vorislari loyihasi rahbari D.Sayfurov, oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sh .Shermatov, shuningdek, qator universitetlar rektorlari, xalqaro dasturlar koordinatorlari, kiberklub vakillari hamda "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari jamoasi ham ishtirok etdi. Ma’ruzachilar va ishtirokchilar tomonidan mazkur ilmiy-amaliy seminarda asosiy mavzu sifatida ko‘tarilgan O‘zbekistonda ma’lumotlar fani sohasidagi mavjud vaziyat, uni o‘rganishdagi tajribalar, xalqaro hamkorlikda fikr almashish va ushbu sohadagi istiqbollarni muhokamasiga doir fikr yuritildi.

Tadbir so‘nggida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori R.Choriyev tomonidan o‘tkazilgan ilmiy-amaliy seminar bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etishi, yoshlarni bu borada xabardorligi oshirish juda muhim ekani ta’kidlandi.