TIQXMMI yangiliklari

img
26.02.2024

Iqtidorli talabalar bilan navbatdagi davra suhbati

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Elektr ta‘minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasida katta o’qituvchi, PhD A.U. Voxidov tomonidan Muqobil energiya manbalari yo‘nalishi talabalari bilan zamonaviy ilm-fanda ilmiy izlanish olib borishning ahamiyati va bu jarayonda talabalarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida davra suhbati o‘tkazildi.

Talabalar bilan bugungi kunda jadal sur’atlarda rivojlanib kelayotgan QTEM va ular asosidagi tizimlarning umumiy energetika balansi taqsimotidagi o’rni, QTEM asosidagi energiya resurslari va texnologiyalarining kelajakda gibritlashtirish hamda O’zbekiston iqlimi sharoitlarida olib borilgan dastlabki tadqiqot natijalari muhokama qilindi.

Biriktirilgan talabalar orasida innovatsion g’oya va loyihalari mavjud talabalarning taqdimotlari eshitildi va taklif qilingan ilmiy - texnik yechimlarni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar taqdim etildi.

Iqtidorli talabalar bilan olib borilgan davra suhbati mobaynida institut va Respublika miqyosida o’tkazilayotgan ko’rik-tanlovlarga. xususan, “Mirzo Ulug’bek vorislari” tanloviga puxta tayyorgarlik ko’rish bo’yicha talabalarga imliy-nazariy hamda ilmiy-amaliy ko’rsatmalar berildi.

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD A.U.Voxidov axboroti

Universitet matbuot xizmati