TIQXMMI yangiliklari

img
10.12.2021

“G‘oyadan-natijagacha”

Xabaringiz bor joriy yil 22-24 noyabr kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “InnoWeek.uz-2021” – xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘tkazildi. Ushbu haftalik doirasida bir qancha tanlovlar tashkil etildi. Shunday tanlovlardan biri "TechnoWays" texnologik rivojlanish marafoni bo'lib, ushbu tanlovning respublika bosqichida TIQXMMIning bir qancha iqtidorli talabalari o'z loyihalari bilan faol ishtirok etishdi. Kelajakda shu kabi tanlovlarda institut iqtidorli talabalarining ishtirokini yanada faollashtirish hamda ishtirok etuvchilar sonini yanada kengaytirish maqsadida institutda ushbu tanlovlarda faol ishtirok etib, o'zining faolligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan yosh innovatorlarni taqdirlash marosimi (tadbiri) tashkil etildi. Tadbirda barcha fakultetlarning iqtidorli talabalari, yosh olimlar ishtirok etishdi.

Ushbu tadbirda iqtidorli innovator talabalar tomonidan tayyorlangan ishlanmalar ko’rgazmasi hamda "TechnoWays" texnologik rivojlanish marafonida ishtirok etgan ishlanmalarning taqdimoti bo’lib o’tdi. E’tiborlisi bugungi kunda yurtimizda iqtdorli yoshlarga berilayotgan e’tiborning yorqin bir misoli sifatida ko‘plab xalqaro va respublika miq’yosida tashkil etib kelinayotgan tanlovlarda institutimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan iqtidorli-innovator talabalarning bir guruhi institut rahbariyati tomonidan bazaviy stipendiyaning bir barobari miqdorida rag‘batlantirildi. Shu bilan bir qatorda iqtdorli talabalarga ustozlik qilib kelayotgan yosh olimlar ham institut rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi. Tadbir ko’tarinki ruhda savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bu kabi amaliy tadbirlani tashkil etish iqtidorli hamda yetishib kelayotgan yoshlarning kelgusi faoliyatlarini yanada kengaytirish va samarali yo‘lga qo‘yishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.


 

TIQXMMI matbuot xizmati