TIQXMMI yangiliklari

img
20.02.2024

Ustoz - shogird tizimi amaliyotda

2024-yil 20-fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “ET va QTEM” kafedrasi assistenti  Qilichov Orifjon Gapirovich oʻzining 412-guruh talabalari bilan birgalikda" Uch fazali elektr hisoblagichni tok transformatori bilan ulanish ketma - ketligi "  mavzusida  mustaqil tarzda sinov tajriba ishi oʻtkazdilar.

Olib borilgan amaliy mashg'ulotlar yakunlariga koʻra, talabalar hisoblagichni tok transformatorlarini va ularni ulanish sxemalarini amaliy jihatdan o'rganishdi.

“Elektr taʻminoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi assistenti O.Qilichov   axboroti

Universitet matbuot xizmati